Jahon

Vatikanda Papa bilan vidolashish marosimi boshlandi

Yangi Papa saylovi 11 may kuni boshlanadi.

Vatikanda Papa bilan vidolashish marosimi boshlandi

Papa Fransisk 89 yoshida Rimda olamdan o‘tdi. Uning vafoti bilan katolik cherkovi rasman motam davriga kirdi. Bu davr, qadimiy marosimlarga ko‘ra, qat’iy protokollarga asoslanib o‘tmoqda.

 

Ilgari Papa vafotini kardinal maxsus kumush bolg‘acha bilan peshonasiga urib tasdiqlagan bo‘lsa, hozirda bu vazifani Papa shifokori bajaradi. Vafot tasdiqlangach, Pontifik xonasi muhrlanadi — hech kim hujjatlar va shaxsiy buyumlariga tegishga haqli emas. Shveytsariya gvardiyasi motam belgisi sifatida rang-barang formalarini to‘q ko‘k rangdagisiga almashtiradi.

 

Papa Fransiskning jasadi uch kun davomida Avliyo Pyotr soborida saqlanadi, bu vaqt mobaynida dindorlar u bilan vidolashishlari mumkin. Avvalgi Papalardan farqli o‘laroq, Fransisk ochiq katafalkda emas, balki yopiq tobutda yotadi. Uning dafn marosimi, ehtimol, Vatikan bazilikasida emas, balki u hayotligida dafn qilinishini istagan Santa-Mariya-Madjor bazilikasida bo‘lib o‘tadi.

 

Yangi Papa saylovi — konklav, 11 may kuni Sikstin kapellasida boshlanadi. Ushbu maxfiy yig‘ilishda 80 yoshdan kichik bo‘lgan kardinalar ishtirok etadi va yangi Rim Papasi saylanadi.

custom img

Yaponiyada 7,1 magnitudali zilzila oqibatida savdo markazida portlash bo‘ldi

Tabiiy ofat oqibatida elektr ta’minoti uzildi, yo‘llar va binolar shikastlandi, savdo markazida yuz bergan portlashdan keyin 20–30 nafar ishchi bedarak yo‘qoldi.

custom img

Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga oid ishni to‘xtatdi

Sud ishi bo'yicha Lombard Odier banki jarimaga tortildi, sobiq xodimga esa ikki yillik shartli qamoq jazosi tayinlandi.

custom img

Sobiq isroillik harbiylar Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga chaqirdi

Netanyaxuning AQSHga tashrifi arafasida Isroilning sobiq harbiy va razvedka rahbarlari Trampni G‘arbiy sohildagi zo‘ravonliklarni to‘xtatish, qonun ustuvorligini tiklash va aybdorlarni javobgarlikka tortishga undashni so‘ragan.

custom img

AQSh harbiylari Trampni raketa zaxiralari kamaygani haqida ogohlantirdi — AP

Strategik o‘q-dorilar zaxirasining kamayishi AQShning harbiy imkoniyatlariga ta’sir qilishi mumkin.

custom img

Tojikistonda hijob, soqol va arabcha kiyimlarga cheklov kuchaytirildi

Mahalliy hokimiyat ayollarni an’anaviy tojik milliy liboslarini kiyishga chaqirmoqda.

custom img

Rossiya va Shimoliy Koreya yangi strategik yo‘lakni yakunlamoqda

Ayrim tahlilchilar ko‘prik harbiy yuklarni tashish uchun muhim yo‘lakka aylanishi mumkinligini bildirmoqda.

custom img

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti yana 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi

Umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Yun Sok Yol saylov qonunchiligini buzganlik bo‘yicha ham aybdor deb topildi.

custom img

Isroil Suriyaning janubida tahdidli varaqalar tarqatdi

Varaqalarda Isroil armiyasiga qarshi har qanday harakatni to‘xtatish talabi ilgari surilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"