Xitoy yadroviy bo‘lmagan vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi
Ushbu qurilmaning portlash kuchini nazorat qilish mumkin.

South China Morning Post nashri yozishicha, xitoylik olimlar yadroviy materiallarsiz vodorod asosidagi bomba sinovini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Qurilma Xitoy davlat kemasozlik korporatsiyasiga qarashli ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan.
Tadqiqotda taʼkidlanishicha, og‘irligi 2 kilogramm bo‘lgan bomba portlashi natijasida harorati 1000°C dan oshuvchi olovli shar ikki soniyadan ortiq vaqt davomida saqlangan. Bu ko‘rsatkich shuncha trotilga teng miqdordagi portlashdan ancha yuqori hisoblanadi.
Olimlar ushbu qurilmaning portlash kuchini nazorat qilish mumkinligini bildirgan. Bu esa strategik hududlardagi obyektlarni aniq va samarali yo‘q qilish imkonini yaratadi.







