AQShda millionerlarga soliq miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda
Shu orqali davlat g‘aznasini to'ldirish kutilmoqda.

AQSh hukumati millionerlardan olinadigan daromad solig‘ini oshirish orqali o‘n yil ichida g‘aznaga yuzlab milliard dollar jalb qilishi mumkin. Ma'lum qilinishicha, Yel universitetidagi Budget Lab markazi olib borgan hisob-kitoblarga ko‘ra, yillik daromadi 1 million dollar yoki undan yuqori bo‘lgan amerikaliklarga qo‘llaniladigan soliq stavkasini 40 foizgacha ko‘tarish natijasida davlat byudjetiga 420 milliard dollar tushishi mumkin.
Tax Foundation markazi esa bu raqamni biroz ehtiyotkorlik bilan baholab, 10 yillik davr mobaynida kutilayotgan tushum 358 milliard dollarni tashkil etishini bildirgan.
Hozirda AQShda eng yuqori daromad solig‘i stavkasi 37 foizni tashkil etadi. Taklif qilinayotgan o‘zgarish, ilgari Donald Tramp ma’muriyati tomonidan uchlik solig‘i (pass-through tax) bekor qilinishidan kelib chiqqan 118 milliard dollarlik byudjet yo‘qotishlarini qoplashga xizmat qilishi mumkin.
Shuningdek, Tramp eng boy amerikaliklarga soliqlarni oshirish masalasini qayta ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Bu taklif respublikachilarga demokratlarning “ishchi sinf manfaatlariga zid siyosat yuritilmoqda” degan tanqidlariga javob sifatida yordam berishi mumkin.
Oldingi xabarlariga ko‘ra, o‘tgan yilgi prezidentlik saylovlari arafasida Tramp badavlat donorlar tomonidan aynan ularning soliqlarini kamaytirishga bergan va’dalari tufayli qo‘llab-quvvatlangan edi.







