Jahon

Donald Trampning reytingi rekord darajada pasaydi

Bunga yuritilayotgan ta'lim siyosati sabab bo'lmoqda.

Donald Trampning reytingi rekord darajada pasaydi

 

16–21 aprel kunlari o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi amerikaliklar soni rekord darajada kamaydi. So‘rovda qatnashgan 4,300 dan ortiq fuqarolarning atigi 42 foizi uning siyosatini ma’qullagan bo‘lsa, 53 foizi noroziligini bildirgan.

 

Tahlilchilar reytingdagi pasayishni Tramp ma’muriyatining universitetlar bo‘yicha joriy qilgan qarorlari bilan bog‘lashmoqda. Xususan, AQSh Ta’lim vazirligi aprel oyida Garvard universitetiga ajratilgan 2,2 milliard dollarlik grantlar va 60 million dollarlik shartnomalarni muzlatib qo‘ydi. Bu qaror jamiyatda keng bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

 

So‘rov ishtirokchilarining 59 foizi AQShning xalqaro ta’siri susayganini ta’kidlagan. Bundan tashqari, respondentlarning 75 foizi Donald Trampning 2028-yilgi prezidentlik saylovlarida uchinchi bor nomzod sifatida qatnashishiga qarshi ekanini bildirgan.

custom img

"Eronga qarshi operatsiyani qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom ettirishga tayyormiz" — Tramp

Dastlab barcha harakatlarni 3–4 hafta ichida yakunlash rejalashtirilganiga qaramasdan amaliyot muddati cho‘zilishi ham mumkin.

custom img

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eronda 500 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Hujumlar davomida Eronning 131 shahri nishonga olingan.

custom img

AQSh bilan hech qanday muzokara olib borilmaydi — Eron

Tehron AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish ehtimolini qat’iyan rad etdi va vositachilar orqali aloqalar haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi.

custom img

AQSh Kubaga qarshi harbiy operatsiya ehtimolini ko‘rib chiqmoqda

AQSh ma’muriyati Venesuela va Eronga qarshi operatsiyalar natijalariga qarab Kubaga nisbatan harbiy yoki diplomatik choralarni tahlil qilmoqda.

custom img

Isroil armiyasi Netanyaxu ofisiga hujum haqidagi da’volarni rad etdi

IDFning ta'kidlashicha, IRGC ko'pincha yolg'on ma'lumotlar tarqatadi.

custom img

Shimoliy Koreya AQSh va Isroilning Eronga hujumlarini qoraladi

KXDR Eronga qarshi harbiy operatsiyalarni noqonuniy tajovuz deb atadi.

custom img

"Qozog‘iston arab davlatlariga zarur bo‘lgan har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyor" — To‘qayev

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev AQSH, Isroil va Eron urushi jarayonida Bahrayn, Quvayt, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari rahbarlariga shaxsiy murojaat yo‘lladi.

custom img

Erondagi operatsiya 4 hafta davom etishi mumkin — Donald Tramp

AQSh prezidenti Eron bilan bo‘layotgan urushning ehtimoliy jadvalini e'lon qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Donald Trampning reytingi rekord darajada pasaydi