Pokistonda furgon jarlikka qulab tushdi
Fojia oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan.

Pokistonning Sind provinsiyasida furgon jarlikka qulab tushishi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Hodisa 21-aprel, dushanba kuni Jamshoro tumanida sodir bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi furgoni bug‘doy dalalarida ishlagan fuqarolarni olib qaytayotgan paytda tormoz tizimidagi nosozlik sababli haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina jarlikka qulagan.
Halok bo‘lganlar orasida to‘rtta bola borligi ma’lum qilingan. Jarohatlanganlarning ba'zilari og‘ir ahvolda bo‘lib, qurbonlar soni ortishi mumkin.
Hozirda voqea joyida tergov ishlari olib borilmoqda.







