Qozog‘iston Afg‘onistonga gumanitar yordam yubordi
Jami 2,2 ming tonnadan ortiq yuk Afg‘onistonga yetkazilgan.

Qozog‘iston Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlash maqsadida insonparvarlik yordamini yo‘lga qo‘ydi. Balx viloyatidagi Hayratan temir yo‘l vokzalida yordamni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jami 2,2 ming tonnadan ortiq gumanitar yuk Afg‘onistonga yetkazildi. Ushbu yordam tarkibiga o‘simlik moyi, bug‘doy uni, guruch yormalari, qishki va yozgi chodirlar, shuningdek, ko'rpalar kiradi.
Qozog‘iston rasmiylarining taʼkidlashicha, ushbu tashabbus qo‘shni mamlakatdagi og‘ir ijtimoiy va iqtisodiy sharoitni yengillashtirish, shu bilan birga mintaqaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.







