Ruminiyada 8 soat ichida 5 marta yer qimirladi
Eng kuchli silkinish 3,9 ball bo'lgan.

Ruminiyaning seysmik jihatdan faol bo‘lgan Vransea hududida 21 aprel oqshomidan 22 aprel tongigacha beshta yer silkinishi ro‘y berdi. Mutaxassislarning aytishicha, ularning eng kuchli magnitudasi 3,9 ballga yetgan.
Birinchi zilzila 16:00 atrofida Buzau shahri yaqinida 121 km chuqurlikda yuz bergan. Kechasi esa 23:15 da 70 km chuqurlikda kuchliroq silkinish qayd etilgan, dastlab 4 ball deb baholangan bu zilzila keyinchalik 3,9 ball sifatida tasniflangan. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, yana 3,3 balli silkinish sodir bo‘lgan.
Seysmologlarning taʼkidlashicha, ushbu zilzilalar o‘rtacha darajada bo‘lib, hech kim zarar ko‘rmagan. Ammo bu voqealar Vranseaning zilzilalar bilan bog‘liq xavfi hali ham dolzarbligicha qolmoqda.







