Turkiya harbiy havo kuchlari akademiyasini ko‘chirmoqda
Akademiya 250 ming kvadrat metr maydonga ega.

Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi Istanbulning Yesilko‘y tumanida joylashgan Harbiy havo kuchlari akademiyasini Izmir shahriga ko‘chirish ishlarini boshladi.
Akademiya 250 ming kvadrat metr maydonni egallab, 1 km uzunlikdagi qirg‘oq chizig‘iga ega bo‘lib, strategik joylashuvi bilan ajralib turadi.
Bu qaror mamlakat mudofaa infratuzilmasini qayta tashkil etish va logistika hamda xavfsizlik talablarini yaxshilash maqsadida qabul qilingani aytilmoqda.







