Jahon

Dunyo bo'yicha sport milliarderlari reytingi e’lon qilindi

Maykl Jordan tarixdagi eng ko‘p daromad olgan sportchi deb topildi.

Dunyo bo'yicha sport milliarderlari reytingi e’lon qilindi

 

Basketbol afsonasi Maykl Jordan barcha davrlarning eng ko‘p daromad olgan sportchisi deb e’tirof etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Jordan o‘z faoliyati davomida hozirgi kurs bo‘yicha 4,15 milliard dollar ishlab topgan. Uning real daromadi esa 3 milliard dollar bo‘lib, bu raqam inflyatsiya darajasiga moslashtirilgan holda hisoblab chiqilgan. Maykl Jordan 2003-yilda faoliyatini yakunlagan va olti karra NBA chempioni hisoblanadi.

 

Reytingda ikkinchi o‘rinni golf yulduzi Tayer Vuds egalladi — inflyatsiyaga moslashtirilgan holda uning daromadi 2,79 milliard dollarni, real daromadi esa 1,9 milliard dollarni tashkil etgan.

 

Kuchli uchlikni esa portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu yakunlab, uning umumiy daromadi 2,23 milliard dollar, real hisobda esa 1,83 milliard dollarga yetgan.

 

Ro‘yxatda shuningdek, quyidagi sportchilar ham yuqori daromad egalari qatorida qayd etilgan:

  • Lebron Jeyms – 1,88 mlrd (inflyatsiya bilan), 1,49 mlrd (real)
  • Lionel Messi – 1,85 mlrd, 1,49 mlrd
  • Devid Bekxem – 1,61 mlrd, 1,2 mlrd
  • Rojer Federer – 1,59 mlrd, 1,23 mlrd
  • Floyd Meyvezer – 1,52 mlrd, 1,15 mlrd

 

Golf ustalari Arnold Palmer va Jek Niklaus ham ro‘yxatning yuqori pog‘onalaridan joy oldi. Ular mos ravishda 1,82 mlrd va 1,75 mlrd dollar (inflyatsiyalangan daromad) bilan oltinchi va yettinchi o‘rinlarni egalladi. Palmer 2016-yilda vafot etgan.

 

Umumiy reytingda jami 50 sportchi kiritilgan bo‘lib, ular 16 ta mamlakat va sakkizta sport turini ifodalaydi. Eng ko‘p vakillik basketbolchilarga to‘g‘ri keladi — 13 nafar. Ro‘yxatdagi yagona ayol sportchi — tennis yulduzi Serena Uilyams, u 40-o‘rinni egallagan (660 million va 485 million dollar).

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.