Hindiston qurolli kuchlari to‘liq shay holatga keltirildi
Terrorchilar hujumidan so‘ng mintaqada razvedka faolligi oshdi.

22-aprel kuni Pokistondan kirib kelgan qurollangan shaxslarning hujumi ortidan Hindiston o‘z qurolli kuchlarini to‘liq harbiy shay holatga keltirdi. Bu haqda Hindiston mudofaa doiralaridagi manbalar xabar bermoqda.
Hozirda Hindiston va Pokiston chegarasida yuqori harbiy faollik kuzatilmoqda. Xususan, har ikki davlat harbiy-havo kuchlarining razvedka samolyotlari mintaqada muntazam parvozlar olib bormoqda.
Shuningdek, sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimlarini keng ko‘lamda bostirishga qaratilgan harakatlar boshlangan. Bu esa vaziyatning yanada keskinlashganidan dalolat bermoqda.
Terror hujumi tafsilotlari hozircha to‘liq aniqlanmagan. Dehli bu borada qo‘shimcha izoh bermagan.







