Jahon

Oksford kolleji tadbirlarida odam bosh suyagidan yasalgan idishdan foydalanilgan

Idish 225 yillik tarixga ega.

Oksford kolleji tadbirlarida odam bosh suyagidan yasalgan idishdan foydalanilgan

 

Buyuk Britaniyaning nufuzli Oksford universitetiga qarashli Worcester kolleji o‘nlab yillar davomida rasmiy kechki tadbirlarda inson bosh suyagidan tayyorlangan maxsus piyoladan foydalangan. Bu haqda Pitt Rivers muzeyi direktori, professor Den Xiks o‘zining yangi “Har bir yodgorlik quladi” nomli kitobida ma’lum qildi.

 

Ma'lum qilinishicha, bu noodatiy idish sayqallangan va arralangan bosh suyagidan yasalgan bo‘lib, uning chetlari va asosi kumush bilan bezatilgan. Piyola 2015-yilgacha Worcester kollejida sharob va shokolad kabi mahsulotlarni tortish uchun rasmiy kechki ovqatlarda ishlatilgan.

 

Radiokarbon tahlillari idish taxminan 225 yillik tarixga ega ekanligini ko‘rsatgan. Bilvosita dalillarga ko‘ra, bosh suyak Karib dengizi orollaridan olib kelingan qulga tegishli bo‘lishi mumkin. Biroq, suyak egasining aniq shaxsi noma’lumligicha qolmoqda.

 

Mazkur g‘ayrioddiy piyolani kollejga 1946-yilda Jorj Pitt-Rivers sovg‘a qilgan. U fashizm va yevgenikani qo‘llab-quvvatlagan shaxs bo‘lib, Ikkinchi jahon urushi paytida internatsiya qilingan. Uning bobosi — general Pitt-Rivers esa artefaktni 1884-yilda Sotheby’s auktsionidan xarid qilgan. Piyoladagi kumush belgilar uning 1838-yilda, qirolicha Viktoriya taxtga chiqqan yili ishlanganini ko‘rsatadi.

 

Talabalar va mehmonlar noroziligidan so‘ng, idish 2011-yildan boshlab kamdan-kam qo‘llanila boshlagan va oxir-oqibat, 2015-yilda butunlay olib tashlangan. 2019-yilda kolleji rasmiylari professor Hiksga uning tarixini o‘rganish vazifasini yuklagan.

 

Hozirda piyola arxivda "ehtirom bilan" saqlanmoqda va keng jamoatchilik uchun yopiq.

 

Ma'lumot uchun Worcester kolleji Oksford universitetining 39 ta kollejidan biri bo‘lib, 1714-yilda tashkil etilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Oksford kolleji tadbirlarida odam bosh suyagidan yasalgan idishdan foydalanilgan | Zamon.uz