Rossiyaning dron hujumlari Ukraina viloyatlarini larzaga solmoqda
Hujumlar natijasida kamida 9 kishi halok bo'lgan.

Dnepropetrovsk viloyatining Marganets shahrida korxona ishchilarini olib ketayotgan avtobusga Rossiya harbiylari tomonidan dron bilan zarba berildi. Bu haqda viloyat ma'muriyati rahbari Sergey Lisak ma'lum qildi.
Lisakning aytishicha, hodisa natijasida kamida 9 kishi halok bo‘lgan, yana 30 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.
Bundan tashqari, o‘tgan tun Rossiya kuchlari tomonidan Odessa va Poltava viloyatlariga ham dron hujumlari uyushtirilgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, bu hududlardagi hujumlar ortidan bir nechta tinch aholi jarohatlangan.
Xarkov va Kievda ham dronlar hujumi natijasida yong‘inlar yuzaga kelgani bildirildi.







