Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni kamaytirishini ma’lum qildi
Tramp Xitoy bilan savdoda yangi bosqichni boshlamoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga nisbatan bojxona to‘lovlari sezilarli darajada kamaytirilishini ma’lum qildi. Biroq uning ta’kidlashicha, tariflar hech qachon butunlay bekor qilinmaydi.
Oq uyda Tramp jurnalistlarning savollariga quyidagicha javob berdi: “145 foiz — bu juda katta raqam. Ular bundan ancha past bo‘ladi”.
“Tariflar ancha pasayadi, ammo nol darajaga yetmaydi,” — deya qo‘shimcha qildi u.
Tramp bu qarorni Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarni muvozanatlash va amerikalik iste’molchilar uchun narxlarni nazorat ostida ushlab turish maqsadida qabul qilganini bildirgan.
Rasmiy tarif stavkalari va yangi boj siyosatining amal qilish vaqti yaqin kunlarda aniqlashtirilishi kutilmoqda.







