Jahon

Yevropa Ittifoqining eng qarzdor davlatlari e’lon qilindi

Gretsiya, Italiya va Fransiya – Yevropaning eng ko‘p qarzga botgan mamlakatlari hisoblanadi.

Yevropa Ittifoqining eng qarzdor davlatlari e’lon qilindi

 

2024-yil yakunlariga ko‘ra, Fransiya Yevropa Ittifoqida eng yuqori davlat qarziga ega bo‘lgan uch davlat qatoriga kirdi. Interfaks xabariga ko‘ra, mamlakatning umumiy davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 113 foizini tashkil etgan.

 

Yevrostat — Yevropa Ittifoqi statistika idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda ittifoqning umumiy davlat qarzi YaIMning 81 foizini tashkil qilib, 2023-yildagi 80,8 foizga nisbatan biroz oshgan.

 

Davlat qarzi bo‘yicha yetakchi beshlik quyidagicha:

  • Gretsiya – YaIMning 153,6 foizi
  • Italiya – 135,3 foiz
  • Fransiya – 113 foiz
  • Belgiya – 104,7 foiz
  • Ispaniya – 101,8 foiz

 

Umuman olganda, Yevropa Ittifoqining 12 mamlakatida davlat qarzi YaIMning 60 foizidan oshgan.

 

2024-yilda byudjet taqchilligi bo‘yicha ham salbiy ko‘rsatkichlar kuzatildi. Ittifoq bo‘yicha o‘rtacha taqchillik YaIMning 3,2 foizini tashkil etgan (2023-yilda – 3,5 foiz). Eng yuqori taqchillik quyidagi mamlakatlarda qayd etilgan:

  • Ruminiya – 9,3 foiz
  • Polsha – 6,6 foiz
  • Fransiya – 5,8 foiz
  • Slovakiya – 5,3 foiz

 

Yil yakunida Yevropa Ittifoqining yalpi ichki mahsuloti 17,95 trillion yevroga (+4,3 foiz) yetgan bo‘lsa, umumiy byudjet taqchilligi 568 milliard yevro (-4,6 foiz) va davlat qarzi esa 14,544 trillion yevroga (+4,6 foiz) oshdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yevropa Ittifoqining eng qarzdor davlatlari e’lon qilindi | Zamon.uz