Afg'onistonda jurnalistlar uchun yangi taqiqlar joriy etildi
Odam va hayvonlarni tasvirga olish taqiqlandi.

Afg'onistonda matbuot erkinligiga qarshi bosim kuchaymoqda. Afg‘oniston jurnalistika markazi (AFJC) ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 15 viloyatida odam va tirik mavjudotlarning tasvirini ommaviy axborot vositalarida ko‘rsatish qat’iyan taqiqlangan.
Bomiyon viloyatida “Fazilat va yomonlikning oldini olish vazirligi” tomonidan 2025-yil 18-apreldan boshlab joriy etilgan yangi ko‘rsatmaga ko‘ra, odamlar va hayvonlarni suratga olish, shuningdek ularning tasvirlarini efirga uzatish mumkin emas. Bu taqiq 2021-yildan boshlab kuchga kirgan qonun asosida amalga oshirilmoqda.
AFJC ekspertlari tahliliga ko‘ra, bu qoidalar davlat idoralariga ommaviy tadbirlarda jurnalistlarga suratga tushishni taqiqlash vakolatini beradi. Hatto oddiy fuqarolarga ham odamlarni rasmga olish man etilgan. Qoidabuzarlar sudga tortilishi belgilangan.
Taqiq joriy etilgan viloyatlarda telekanallar hozirda deyarli radioformatda faoliyat yuritmoqda. Ekranda faqat manzara, tog‘lar yoki hukumat binolari ko‘rsatiladi, yangiliklar esa faqat diktor ovozi orqali yetkaziladi.







