Qodirov 17 yoshli o‘g‘liga yuqori lavozimni topshirdi
Bu uning uchinchi rasmiy lavozimi hisoblanadi.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov 17 yoshida Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimiga tayinlandi. Bu uning uchinchi rasmiy lavozimi bo‘lib, u bu orqali mintaqadagi eng yosh vakil sifatida yana bir marta jamoatchilik eʼtiboriga tushdi.
Adam Qodirov ilk rasmiy lavozimini 15 yoshida olgan — u paytda Respublika rahbarining shaxsiy xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinlangan. Bu bilan u Rossiya rekordlar kitobiga ham eng yosh rahbar sifatida kiritilgan.
Bundan bir oy avval esa u Checheniston Ichki ishlar vazirligiga kurator etib tayinlangan edi. Uning ketma-ket tayinlanishlari atrofida turli muhokamalar yuzaga kelmoqda.







