Kashmirda mojaro kuchaysa, Pokiston yutqazishi mumkin
Hindistonning harbiy byudjeti 80 milliard dollarni tashkil etadi.

Kashmir mintaqasida keskinlik qaytadan kuchaymoqda va ekspertlar bu holat qurolli to‘qnashuvga aylansa, Pokiston og‘ir mag‘lubiyatga uchrashi mumkinligini taʼkidlashmoqda. Bunday fikrlarga asos sifatida ikki davlatning harbiy salohiyati va mudofaa xarajatlari ko‘rsatilayotgani aytiladi.
2025–2026 yilllar uchun Hindiston harbiy sohaga juda katta mablag‘ ajratmoqda. uning mudofaa byudjeti 80 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu Pokistonning 8,19 milliard dollarlik harbiy byudjetidan o‘n baravar yuqori.
Mutaxassislarning fikricha, harbiy xarajatlar o‘rtasidagi katta farq Hindistonga strategik ustunlik beradi. Agar mojaro kengayib, to‘liq qurolli to‘qnashuvga aylansa, Pokistonning uzoq muddatli qarshi turishi qiyin kechishi mumkin. Shu bois, xalqaro ekspertlar va diplomatlar har ikki tomonni tinchlikka chaqirishmoqda.







