Tramp Qrim Rossiyaning bir qismi bo‘lib qolishini ta'kidladi
Tramp: “Ukraina NATOga intilishi bilan urushni boshladi”.

AQSh prezidenti Donald Tramp Time jurnaliga bergan intervyusida Ukraina-Rossiya mojarosiga oid keskin bayonotlar bilan chiqdi. Unga ko‘ra, mojaroning boshlanishida Kiyevning NATOga a’zo bo‘lish istagi hal qiluvchi omil bo‘lgan.
“Menimcha, bu urush ular NATOga a’zo bo‘lish haqida gapira boshlaganlarida boshlangan. Bu Rossiyani chalg‘itdi va xavotirga soldi”, — dedi Tramp.
U Qrim masalasida ham o‘z pozitsiyasini aniq ifoda etdi:
“Qrim Rossiya tarkibida qoladi. Buni Zelenskiy tushunadi. Bu haqiqat va bu vaziyat o‘zgarishi qiyin”, — deya ta’kidladi u.
Trampning bu fikrlari nafaqat G‘arb, balki Ukraina rahbariyati tomonidan ham keskin munosabatlarga sabab bo‘lishi kutilmoqda. U avvalroq ham Ukraina siyosatini tanqid qilgan, NATOga a’zolik masalasini xavfli deb baholagan edi.







