Jahon

AQSh 18 davlat bilan savdo kelishuvlariga intilmoqda

Kanada, Meksika va Xitoy AQShning savdo ro'yxatidan chiqarildi.

AQSh 18 davlat bilan savdo kelishuvlariga intilmoqda

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati 18 ta yirik hamkor davlat bilan savdo muzokaralarini olib borish uchun yagona asos ishlab chiqdi.

 

Yangi yondashuvdan ko‘zlangan maqsad — 8-iyulga qadar import bo‘yicha o‘zaro bojxona to‘lovlari masalasida muzokaralarni soddalashtirish va kelishuvlarga erishish. AQSh savdo vakili idorasi tomonidan tayyorlangan reja tariflar va kvotalar, tarifsiz savdo cheklovlari, raqamli savdo, tovarlarning kelib chiqish qoidalari va iqtisodiy xavfsizlik kabi sohalarni qamrab oladi.

 

Muzokaralar kelasi ikki oy davomida bosqichma-bosqich (har haftada oltita davlat bilan) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Biroq, Kanada, Meksika va Xitoy ushbu 18 davlat qatoriga kiritilmagani ta’kidlandi. Kanada va Meksikadan olib kiriladigan tovarlarga alohida 20 foizlik boj joriy qilingan, Xitoydan import qilinadigan bojlar esa Tramp ma'muriyatining so‘nggi choralaridan so‘ng 145 foizgacha ko‘tarilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2-aprel kuni AQSh prezidenti dunyoning 185 ta davlati va hududi mahsulotlariga bojxona to‘lovlari joriy etilishini ma'lum qilgan edi. Ular orasida Ozarbayjon ham bor. Ozarbayjon mahsulotlari uchun kamida 10 foizlik bojxona to‘lovi belgilandi. 5-apreldan universal tariflar, 9-apreldan esa individual tariflar kuchga kirdi. Shu bilan birga, Tramp bir qator davlatlarga nisbatan import tariflarini 90 kun muddatga kechiktirishga qaror qilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh 18 davlat bilan savdo kelishuvlariga intilmoqda | Zamon.uz