Eron Hindiston va Pokistonni yarashtirishga chaqirdi
“Eron qardosh davlatlar o‘rtasida tinchlikni qo‘llab-quvvatlaydi”.

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatish uchun vositachi sifatida xizmat ko‘rsatishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
“Eron uchun Hindiston va Pokiston qardosh qo‘shnilardir. Ular o‘zaro munosabatlarini ko‘p asrlik madaniy va sivilizatsiyaviy rishtalar asosida barpo etgan. Biz boshqa qo‘shnilarimiz singari, ularni ham ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rib, har qanday kelishmovchilikda yordam berishga tayyormiz”, — deydi Araqchi.
Eron rasmiylari mintaqada barqarorlik va tinchlikni ta’minlash maqsadida diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirish niyatida ekanliklarini bildirgan.







