Florida aeroporti bomba tahdididan keyin yopildi
Hozirda aeroportda tekshiruvlar olib borilmoqda.

Florida shtatidagi Sankt-Peterburg-Kliruoter xalqaro aeroporti bomba tahdidi sababli yopildi va yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi. Bu haqida mahalliy politsiya xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea juma kuni kechqurun yuz bergan. Allegiant aviakompaniyasining samolyoti bortidagi yo‘lovchilar tahdid e’lon qilingandan so‘ng evakuatsiya qilingan.
“Sent-Pit-Kliruoter aeroportida Allegiant reysi bortida bo‘lgan yo‘lovchilar juma kuni kechqurun politsiya bomba tahdidini tekshirish vaqtida evakuatsiya qilindi”, — deyiladi xabarda.
Hozircha hodisa oqibatida qurbonlar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. Voqeaning boshqa tafsilotlari oshkor etilmagan.
Federal Aviatsiya Boshqarmasi (FAA) Allegiant reysi yo‘lovchilari xavfsizlik xavfi sababli Sankt-Peterburg-Kliruoter aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘nganini tasdiqladi. Shuningdek, FAA ma’lumotlariga ko‘ra, aeroport hozirda mahalliy politsiya olib borayotgan tergov ishlari sababli yopiq qolmoqda.







