Hindiston Pokistonga suv oqimini to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda
“Pokistonga bir tomchi ham suv yubormaymiz”.

Hindiston hukumati Pokistonga oqib o‘tadigan Hind daryosining suv oqimini to‘xtatish ustida faol ish olib bormoqda. Bu haqda mamlakat suv resurslari vaziri Chandrakant Raghunath Patil bayonot berdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Dehli Pokistonga “bir tomchi ham suv” yubormaslik niyatida.
“Bu masalada o‘tkazilgan yig‘ilishda uchta strategik yo‘nalish — qisqa, o‘rta va uzoq muddatli chora-tadbirlar muhokama qilindi. Maqsad aniq: Pokistonga suv yetib bormasligi kerak”, — dedi Patil.
Uning qo‘shimcha qilishicha, suv oqimini boshqa kanalga burish va resurslarni to‘liq nazoratga olish maqsadida daryolarni sho‘rlantirish ishlari yaqin kunlarda boshlanadi.
Mazkur bayonot ikki yadro quroliga ega davlat o‘rtasidagi allaqachon murakkab bo‘lgan munosabatlarni yanada keskinlashtirishi mumkin. Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi suv almashinuvi 1960-yilda imzolangan Indus suv shartnomasi asosida tartibga solinadi.







