Kanada G‘azoga 72 million dollar yordam puli ajratdi
Ushbu mablag‘ aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Kanada hukumati G‘azo sektoridagi gumanitar inqirozni yengillashtirish maqsadida oziq-ovqat va insonparvarlik yordami uchun 72 million dollar ajratdi. Ushbu mablag‘ asosan aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlash va favqulodda yordam operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Isroilning G‘azoni to‘liq qamal qilishi oqibatida hududda oziq-ovqat va asosiy ehtiyoj mahsulotlari tanqisligi kuchaymoqda. Bu esa aholi hayotini yanada og‘irlashtirmoqda.
Kanada rasmiylari xalqaro hamjamiyatni G‘azodagi inqirozga e’tibor qaratishga va yordam ko‘rsatishga chaqirdi. Ular insonparvarlik yordamini tezlashtirish va tinchlik o‘rnatish yo‘lida qo‘shma sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.







