Jahon

Yaponiyada chaqmoqqa qarshi maxsus dron yaratildi

Chaqmoq har yili 700 milliondan 1,4 milliard dollargacha zarar yetkazadi.

Yaponiyada chaqmoqqa qarshi maxsus dron yaratildi

 

Yaponiyaning NTT kompaniyasi chaqmoqni o‘ziga tortib, energiyani xavfsiz tarzda yerga yetkazib beradigan dron ishlab chiqdi. Ular bu texnologiyani tabiiy chaqmoqdan keladigan zararlarning oldini olish uchun yaratishdi.

 

2024-yil dekabr va 2025-yil yanvar oylarida o‘tkazilgan sinovlarda, maxsus himoya qafasiga ega dron momaqaldiroq vaqtida 300 metr balandlikka ko‘tarilib, chaqmoq urishini qasddan o‘ziga tortdi. Tajriba davomida dron va yer orasidagi kuchlanish 2000 voltdan oshgani tasdiqlandi. Chaqmoq zarbasi kuchli ovoz va yorug‘lik tarqatdi, qafasning bir qismi erib ketdi, lekin dron baribir uchishni davom ettirdi.

 

Buning siri – dron atrofidagi maxsus qafasda. U chaqmoqdan keladigan katta elektr oqimini ichki qismlardan chetlab o‘tkazadi va zarar yetkazilishining oldini oladi. Qafas shuningdek magnit maydon va elektromagnit shovqinlarni kamaytiradi. Yaxshi tomoni shundaki, bu himoya tizimini mavjud dronlarga ham o‘rnatish mumkin.

 

NTT kelajakda bunday dronlar jamoalari shaharlarda bo‘ron vaqtida uchib, chaqmoq zarbasini muhim infratuzilmadan burib yuborishini xohlaydi. Chunki Yaponiyada chaqmoq har yili 700 milliondan 1,4 milliard dollargacha zarar yetkazadi. NTT bu texnologiya bilan shaharlarni va infratuzilmani chaqmoqdan to‘liq himoya qilishga umid qilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yaponiyada chaqmoqqa qarshi maxsus dron yaratildi | Zamon.uz