Jahon

AQSh Ukraina kiberxavfsizlik loyihalarini moliyalashtirishni qisqartirdi

USAID mablag‘lari qisqargach, Ukraina kiberhimoyasi zaiflashmoqda.

AQSh Ukraina kiberxavfsizlik loyihalarini moliyalashtirishni qisqartirdi

 

AQSh Ukrainaga kiberxavfsizlik sohasida ko‘rsatib kelayotgan yordamni sezilarli darajada qisqartirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yuritayotgan o‘nlab ukrainalik va amerikalik mutaxassislar bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilingan yoki to‘xtatib qo‘yilgan.

 

Bu o‘zgarishlar, asosan, Ukraina kiberhujumlardan himoya qilish loyihalarini moliyalashtirib kelgan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) faoliyatiga ajratilgan mablag‘larning qisqartirilishi bilan bog‘liq.

 

Manbalarga ko‘ra, shuningdek, Ukraina infratuzilmasini himoya qilish uchun mo‘ljallangan kompyuter uskunalari va dasturiy ta’minotlarning rejalashtirilgan yetkazib berilishi ham amalga oshirilmagan.

 

Vashington mablag‘lari Kiyev uchun kiberxavfsizlik sohasidagi asosiy moliyaviy manba hisoblangan. Oxirgi besh yil davomida USAID bu yo‘nalishga 200 million dollardan ortiq mablag‘ ajratgan.

 

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Donald Tramp ma’muriyati USAID shartnomalarining 90 foizini bekor qilish niyatida ekanligini e’lon qilgan edi. Natijada, Qo‘shma Shtatlarning global miqyosdagi yordam ko‘lamini 60 milliard dollarga qisqartirish rejalashtirilgan. Mart oyida esa Davlat kotibi Marko Rubio USAID dasturlarining 83 foizi yopilishini rasman ma’lum qilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.