Jahon

AQSh va Eron yadroviy muzokaralarning uchinchi bosqichini o‘tkazdi

Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralar may oyida davom etadi.

AQSh va Eron yadroviy muzokaralarning uchinchi bosqichini o‘tkazdi

 

AQSh va Eron o‘rtasidagi yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarning uchinchi bosqichi 26-aprel kuni Ummon hududida bo‘lib o‘tdi. Ma'lum qilinishicha, AQSh delegatsiyasiga Trampning maxsus vakili Stiven Vitkoff, Eron delegatsiyasiga esa mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi rahbarlik qilgan. Har ikki tomondan muzokaralarda maxsus ekspertlar ham ishtirok etgan.

 

Muzokaralar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan (bilvosita) shaklda o‘tgan va uchinchi bosqich natijalari hozircha rasman oshkor qilinmagan.

 

Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaydi bergan ma’lumotga ko‘ra, Washington va Tehron o‘rtasidagi muloqot may oyi boshida davom ettiriladi. U 26-apreldagi maslahatlashuvlar barcha tomonlarning “o‘zaro hurmatga asoslangan kelishuvga erishish” istagini ifodalaganini ta’kidlagan.

 

Xabarlarga ko'ra, muzokaralarning asosiy maqsadi — Eronning yadroviy qurol yaratishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda AQSh tomonidan Tehronga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni bekor qilish evaziga yangi yadroviy kelishuvga erishishdir.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.