Jahon

HAMAS G‘azo uchun sulh taklifini ko‘rib chiqmoqda

Isroil bilan ko‘p yillik sulhga tayyor, biroq qurolsizlanishga rozi emas.

HAMAS G‘azo uchun sulh taklifini ko‘rib chiqmoqda

 

HAMAS G‘azo sektorida Isroil bilan 5–7 yil muddatga sulh tuzishga tayyorligini bildirdi, biroq qurolsizlanish talabini rad etdi. Bu haqda Qohirada vositachilar bilan olib borilgan muzokaralar chog‘ida HAMAS rahbariyatining OAV maslahatchisi Tohir Al-Nono ma’lum qildi.

 

“Biz o‘t ochishni to‘xtatish g‘oyasini yoki uning muddatini rad etmaymiz va bu masalani muzokaralar doirasida muhokama qilishga tayyormiz. Urushni tugatish bo‘yicha har qanday jiddiy takliflarga ochiqmiz”, — dedi Al-Nono.

 

HAMAS vositachilarning o‘z takliflarini qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda. Ular orasida janglarni to‘xtatish, G‘azo sektorini qayta tiklash, falastinlik asirlar va barcha garovga olinganlarni ozod qilish masalalari mavjud.

 

Biroq Isroilning G‘azo sektorini demilitarizatsiya qilish talabi qat’iy rad etildi.

 

“Qarshilik qurollari muzokara mavzusi emas. Ishg‘ol mavjud ekan, biz o‘z qurollarimizni saqlab qolamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Al-Nono.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

HAMAS G‘azo uchun sulh taklifini ko‘rib chiqmoqda | Zamon.uz