Rossiyada hujjatsiz migrantlar uchun muddat tugamoqda
1-maydan boshlab hujjatsiz migrantlar Rossiyadan chiqariladi.

Rossiya Migratsiya agentligi mamlakat hududida patent yoki boshqa rasmiy ruxsatnomasiz yashayotgan fuqarolarni ogohlantirdi. Ma’lum qilinishicha, hujjatlari tartibga solinmagan migrantlar uchun belgilangan huquqiy maqomni tiklash muddati 2025-yil 30-aprelda yakunlanadi.
Agentlikning eslatishicha, 2025-yil 1-maydan boshlab hujjatsiz yashayotgan migrantlar Rossiya hududidan chiqarib yuboriladi. Migratsiya xizmatlari fuqarolarga o‘z huquqiy maqomlarini imkon qadar tezroq tartibga solishni tavsiya qilmoqda.







