O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi vizasiz tartib o‘z kuchida qolmoqda
BAAga kirish taqiqlangani haqidagi xabarlar asossiz ekanligi ta'kidlandi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati rasmiy bayonot berdi. Unda ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani” haqidagi xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida amal qilayotgan vizasiz tartib o‘z kuchida qolmoqda. Hozirga qadar rasmiy manbalar tomonidan vizasiz rejimga o‘zgarish kiritilgani yoki kirishga cheklov joriy etilgani haqida hech qanday axborot berilmagan.







