Putin G'alaba kuni munosabati bilan sulh e'lon qildi
Ushbu davrda jangovar harakatlar to'xtatiladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ikkinchi Jahon Urushi g‘alabasining 80 yilligiga bag‘ishlangan bayonotida, 8-may soat 00:00 dan 11-may soat 00:00 gacha o‘t ochishni to‘xtatish sulhini e’lon qildi. Ushbu davr mobaynida barcha jangovar harakatlar to‘xtatiladi. Rossiya tomoni, shuningdek, Ukraina tomonini ham ushbu sulhga rioya qilishga chaqirmoqda.
Kremldan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, agar Ukraina tomon sulhni buzsa, Rossiya qo‘shinlari "mos va samarali" javob qaytaradi.







