Jahon

Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik kuchaymoqda

KXDR Rossiyadagi harbiy operatsiyalarda ishtirokini tasdiqladi.

Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik kuchaymoqda

 

Shimoliy Koreya (KXDR) o‘z harbiylari Rossiyaning Ukraina bilan urushi davomida jangovar harakatlarda ishtirok etayotganini rasman tasdiqladi.

 

Bu haqda Yonhap agentligi KXDRning rasmiy axborot manbasi — Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayanib xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya askarlari KXDR yetakchisi Kim Chen In buyrug‘i asosida va ikki davlat o‘rtasida tuzilgan har tomonlama strategik hamkorlik shartnomasiga binoan Rossiyaga yuborilgan. Rasmiy ma’lumotda ta’kidlanishicha, ularning vazifasi “Ukrainaning Rossiya hududiga tajovuzkor bostirib kirishining oldini olish” va “Kursk viloyatini ozod etish bo‘yicha harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli yakunlash”dan iborat bo‘lgan.

 

Shuningdek, 26-aprel kuni Rossiya Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga bergan hisobotida, Shimoliy Koreya harbiylari Kursk viloyatini ozod qilish operatsiyasida sezilarli yordam ko‘rsatganini ta’kidladi. Gerasimovning bu bayonoti KXDR qurolli kuchlarining Rossiyaga yuborilgani haqidagi birinchi rasmiy tasdiq bo‘ldi.

 

Mutaxassislarning fikricha, bu kabi hamkorlik xalqaro munosabatlarda yangi geosiyosiy keskinliklarni yuzaga keltirishi mumkin.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik kuchaymoqda | Zamon.uz