“Titanik”dan omon qolgan yo‘lovchining maktubi rekord narxga sotildi
Archibald Greysning tarixiy xati auksionda qo‘lga kiritildi.

“Titanik” halokatidan omon qolgan yo‘lovchi Archibald Greyssning yozgan maktubi auksionda rekord narx — 400 ming dollarga sotildi.
Bu natija “Titanik” bortida yozilgan maktub uchun to‘langan eng yuqori summa bo‘lib, tarixiy ahamiyat kasb etmoqda.
Archibald Greys maktubda 1912-yilda “Titanik” kemasidagi qisqa safar davomida yuz bergan asosiy voqealarni tasvirlab bergan. U maktubni safar chog‘ida pochta orqali yaqinlariga yuborgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Greys “Titanik” halokati vaqtida qutqaruv ishlarida faol ishtirok etgan va omon qolgan kam sonli yo‘lovchilardan biri bo‘lgan. Xat esa halokatdan bir necha kun avval, 1912-yil 10-aprel sanasida yozilgan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ushbu maktub “Titanik” tarixiga oid noyob va muhim hujjat sifatida baholanmoqda. Bu kabi hujjatlar o‘sha davr voqealarini jonli tasavvur qilishga imkon beradi.







