BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina masalasi ko‘tariladi
Kiyev xalqaro qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.

Bugun BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdagi yig‘ilishi Ukraina masalasiga bag‘ishlanadi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, yig‘ilish Fransiya raisligida chaqirilgan bo‘lib, u Rossiyaning tajovuzi va Ukraina hududidagi tinch aholiga qarshi davom etayotgan hujumlarga e’tibor qaratadi.
“Ukraina tinchlik istaydi. Biz AQSh tomonidan taklif etilgan to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish rejasiga 49 kun oldin rozi bo‘lganmiz, biroq Rossiya bunga rad javobini bergan. Bu esa kim aslida tinchlikdan manfaatdor, kim esa urushni davom ettirmoqchi ekanini yaqqol ko‘rsatadi,” — dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga.
U, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolarini Ukrainani tinchlik yo‘lidagi harakatlarida faol qo‘llab-quvvatlashga, tinch aholiga nisbatan kuchaygan zo‘ravonliklarni keskin qoralashga va Rossiyaga bosimni kuchaytirishga chaqirdi.







