Fransiya-Hindiston mudofaa aloqalari mustahkamlanmoqda
Fransiya Hindistonga 2030-yilgacha 26 ta Rafale qiruvchisini yetkazib beradi.

Hindiston Mudofaa vazirligi Fransiya bilan 26 dona Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib olish bo‘yicha yangi harbiy shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Bu samolyotlar Hindiston harbiy-dengiz kuchlari ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 22 tasi bir o‘rindiqli, 4 tasi esa ikki o‘rindiqli bo‘ladi.
Yetkazib berish jarayoni 2030-yilgacha yakunlanadi. Shartnoma doirasida ekipajlar Hindiston va Fransiyada treningdan o‘tadi. Bu bitim ikki davlat o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Hindiston 2016-yilda Fransiyadan 36 ta Rafale samolyotini xarid qilgan edi. Yangi bitim ushbu strategik hamkorlikning davomidir.







