Jahon

Hindistonda diniy marosimlar uchun robot fillar ishga tushirildi

Ushbu mexanik hayvonlar metall ramkada shisha tolali va kauchukdan yasalgan.

Hindistonda diniy marosimlar uchun robot fillar ishga tushirildi

 

Hindistonning Kerala shtatida diniy marosimlarda endi tirik fillar emas, balki maxsus ishlab chiqilgan robot fillar ishtirok etmoqda. Shisha tolali va kauchuk materiallardan tayyorlangan bu mexanik fillar metall karkas asosida yaratilgan bo‘lib, ular quloqlarini qimirlatish, suv sepish kabi harakatlarni bajara oladi.

 

Ushbu tashabbus hayvonlarni himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi PETA India tomonidan ilgari surilgan. 2023-yildan beri tashkilot o‘ndan ortiq robot fillar modellarini moliyalashtirdi. Ularning har biri ibodatxonalarga topshirilishidan oldin, tirik fillar maxsus qo‘riqxonalarga ko‘chirilishi sharti bilan taqdim etiladi.

 

Masalan, Chakkamparambu Bhagavathi ibodatxonasi robot fillardan birini marosimlarda tirik hayvonlardan foydalanishga qarshi chiqqan sobiq ruhoniy iltimosiga binoan qabul qilgan.

 

Hozirda Hindistonda 2,700 dan ortiq fil asirlikda saqlanadi. Ular ko‘pincha yolg‘izlikda va zanjirband holatda, jismoniy va psixologik bosim ostida yashaydilar. Festival va marosimlarda ishtirok etish esa ularning holatini yanada og‘irlashtiradi. Osiyo fillari hindu madaniyatida muqaddas hayvon sifatida ulug‘lanadi va Ganesh xudosiga o‘xshashligi bois ehtirom bilan qaraladi. Ammo yovvoyi tabiatda atigi 50 mingdan kam Osiyo fili qolgan, ularning aksariyati Shri-Lanka va Janubi-Sharqiy Osiyoda yashaydi.

 

PETA India vakillarining fikricha, robot fillar marosimlardagi an’analarni saqlagan holda, hayvonlarga nisbatan axloqiy yondashuvni ta’minlaydi va insonlar bilan hayvonlar o‘rtasidagi xavfli holatlar sonini kamaytiradi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Hindistonda diniy marosimlar uchun robot fillar ishga tushirildi | Zamon.uz