Rossiyada huquqiy maqomni rasmiylashtirish muddati uzaytirildi
Avvalroq bu muddat 30-aprelga qadar belgilangan edi.

Rossiya Federatsiyasi hududida migratsiya qoidalarini buzgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga o‘z huquqiy maqomini tartibga solish yoki mamlakatni tark etish uchun 2025-yil 10-sentabrgacha vaqt berildi. Bu haqda Rossiya Migratsiya agentligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq bu muddat 2025-yil 30-aprelgacha belgilangan edi. Endilikda Rossiya prezidenti tomonidan imzolangan farmonga ko‘ra, muddati 10-sentabrga qadar uzaytirildi.
Xususan, Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonliklar uchun bu juda muhim yangilikdir. Migratsiya agentligi barcha hujjatlari to‘liq bo‘lmagan o‘zbekistonliklarga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.








