Tramp Kanadani AQSHga qo'shishni taklif qildi
Tramp: “Kanada AQShga qo‘shilib, 51-shtatga aylanishi kerak”.

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada parlamenti saylovlari kuni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan bayonotida Kanadaning AQShga qo‘shilishi kerakligini ta’kidladi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Kanada o‘rtasidagi chegara “sun’iy” va uni bekor qilish orqali ikki mamlakat birlashib, yanada qudratli bo‘lishi mumkin. U kanadaliklarga murojaat qilib, agar AQShga qo‘shilsalar, ular ikki baravar kam soliq to‘lash, dunyodagi eng kuchli harbiy qudratga ega bo‘lish, kompaniyalar sonini to‘rt baravar oshirish va nolinchi bojxona tariflaridan foydalangan holda iqtisodiy yuksalish imkoniyatiga ega bo‘lishlarini ta’kidladi.
“Endi sun’iy chizilgan chegara bo‘lmaydi... Qarang, bu kengliklar qanday ajoyib bo‘lishi mumkin. Chegaralarsiz erkin kirish. Faqat ijobiy tomonlar, hech qanday salbiylik yo‘q. Amerika endi Kanadani har yili yuzlab milliard dollar bilan subsidiyalay olmaydi. Agar Kanada bizning shtatlarimizdan biriga aylanmasa, bu ishda hech qanday mantiq qolmaydi,” — deb yozgan Tramp.








