Jahon

AQSH Rossiya va Ukrainani yakuniy takliflar berishga chaqirdi

Muzokaralarda siljish bo‘lmasa, AQSH vositachilikdan chiqishi mumkin.

AQSH Rossiya va Ukrainani yakuniy takliflar berishga chaqirdi

 

AQSh Davlat departamenti Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarda sustkashlik davom etsa, Amerika bu jarayondan chiqishini rasman ma’lum qildi.

 

Davlat departamenti vakili Temmi Bryus Vashingtonda o‘tkazilgan brifingda davlat kotibi Marko Rubio pozitsiyasini quyidagicha bayon qildi:

 

“Hozir aynan shunday vaqtki, ikki tomon ham urushga qanday yakun yasash bo‘yicha aniq va amaliy takliflar bilan chiqishi lozim. Agar yaqin orada siljish bo‘lmasa, AQSh vositachilik rolidan voz kechadi”.

 

Bryusning so‘zlariga ko‘ra, bu borada yakuniy qarorni prezident Donald Tramp qabul qiladi.

 

Hozircha Moskva ham, Kiyev ham AQShning ushbu ogohlantirishiga rasmiy javob bermagan. Siyosatshunoslar bu bayonotni Vashingtonning sabr-toqatiga chek qo‘yilishi va muzokaralardagi natijasizlikdan charchaganining ishorasi sifatida baholamoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.