Jahon

Malta sarmoya evaziga pasport berishni to‘xtatishi mumkin

YeI sudi Malta fuqarolik dasturini noqonuniy deb topdi.

Malta sarmoya evaziga pasport berishni to‘xtatishi mumkin

 

Yevropa Ittifoqi sudi Malta tomonidan xorijiy investorlar evaziga fuqarolik berish – “oltin pasport” dasturini YeI qonunchiligiga zid, deb topdi. Sud qarorida aytilishicha, hech bir a’zo davlat oldindan belgilangan to‘lovlar yoki investitsiyalar evaziga fuqarolikni taqdim eta olmaydi, chunki bu Yevropa fuqaroligini savdo ob’ektiga aylantirish degani.

 

Ma'lum qilinishicha, agar Malta bu dasturdan voz kechmasa, unga nisbatan moliyaviy jazo choralari ko‘riladi. Malta hukumati esa ushbu qarorning huquqiy oqibatlarini o‘rganayotganini bildirdi.

 

2023-yilda Yevrokomissiya bu masalada YeI sudiga murojaat qilgan edi. Komissiya fikricha, “oltin pasport” berish orqali Malta Yevropa fuqaroligi tushunchasini zaiflashtirmoqda. Chunki Malta fuqaroligini olgan shaxs avtomatik tarzda butun Yevropa hududida yashash, ishlash va hatto saylovlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.

 

Malta 2013-yildan buyon bu dastur orqali xorijliklarga 600 000 yevrodan boshlab investitsiya kiritish evaziga fuqarolik bergan. 2020-yilga qadar fuqarolik olganlar mamlakatda yashamasligi ham mumkin edi. Hozir esa 3 yil yashash talabi mavjud, 750 000 yevro sarmoya kiritsangiz, bu muddat 1 yilga tushiriladi.

 

Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu dastur orqali pasport olgan ayrim shaxslar keyinchalik jinoiy javobgarlikka tortilgan, sanksiyaga uchragan yoki siyosiy jihatdan shubhali shaxslar bo‘lgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Malta sarmoya evaziga pasport berishni to‘xtatishi mumkin | Zamon.uz