Jahon

Rossiyaning dron hujumlari davom etmoqda

Bir kechada 100 dan ortiq dron hujumi uyushtirildi.

Rossiyaning dron hujumlari davom etmoqda

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi mamlakat shaharlari va aholi punktlariga ommaviy dron hujumlarini davom ettirmoqda.

 

“Xarkov, Dnipro, Dobropillye va boshqa hududlar butun tun davomida nishonga olindi. Faqat birgina tun ichida Rossiya tomonidan 100 dan ortiq hujumchi dron uchirildi. Haftaning boshidan beri esa bu son 375 taga yetdi, ularning 190 dan ortig‘i — Shahed turidagi dronlar”, — dedi Zelenskiy.

 

U, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni Rossiyaga nisbatan kuchliroq iqtisodiy bosim qo‘llashga chaqirdi. “Bosim oddiy so‘z yoki diplomatik ishontirish emas, balki Rossiyani o‘t ochishni to‘xtatishga majbur qiladigan real vosita bo‘lishi kerak”, — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.

 

30-aprelga o‘tar kechasi Rossiya Dnipropetrovsk va Xarkov viloyatlariga dronlar orqali hujum uyushtirdi. Xarkovda kamida 45 kishi jarohat olgan, Dnipro shahrida esa bir fuqaro halok bo‘lgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyaning dron hujumlari davom etmoqda | Zamon.uz