AQSh Ukrainadagi bitimdan 350 milliard dollar foyda oladi
Tramp: “Foydali qazilma bitimi bizga urush xarajatlarini qoplaydi”.

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina bilan imzolangan foydali qazilma resurslari bo‘yicha bitim orqali Vashington Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun sarflagan mablag‘lardan ham ko‘proq foyda olishini ta’kidladi.
“Ular (Ukraina) nodir yer elementlariga ega, bu yerda boshqa joylarda topilmaydigan resurslar bor. Biz Ukrainaga 350 milliard dollar yoki shunga yaqin mablag‘ yo‘naltirdik. Endi esa bu sarmoyadan ham ko‘proq daromad keltiradigan bitimga erishdik”, — dedi Tramp.
Shuningdek, u Yevropa davlatlarini kam moliyaviy hissa qo‘shganlikda tanqid qildi: “Evropa atigi 100 milliard dollar ajratdi — u ham qarz shaklida”.
Ushbu izohlar jurnalist tomonidan berilgan “AQShning Ukrainadagi ishtiroki Vladimir Putinni to‘xtata olgan bo‘larmidi?” degan savolga Tramp qisqacha: “Albatta,” — deb javob berdi.
U, shuningdek, urushni tez fursatda to‘xtatish niyatida ekanini bildirib o‘tdi: “Har hafta o‘rtacha 5 ming nafar yosh askar halok bo‘lmoqda — ruslar va ukrainlar. Bu amerikaliklar emas, ammo baribir insonlar. Juda qayg‘uli holat.”







