Jahon

AQSHda USAID faoliyati to'xtatilmoqda

USAIDning barcha xodimlari 30-sentabrgacha ishdan bo‘shatiladi.

AQSHda USAID faoliyati to'xtatilmoqda

 

AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligining (USAID) barcha xodimlari 30-sentabrgacha ishdan bo‘shatiladi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, barcha xorijiy USAID missiyalari 2025-moliya yilida yopiladi (AQShda moliya yili 30-sentabrda yakunlanadi).

 

Davlat kotibi Marko Rubio agentlikni qayta tashkil etishni e’lon qilgan. Ushbu jarayon davomida USAIDning ayrim funksiyalari 1-iyulgacha Davlat departamentiga o‘tkaziladi, qolgan funksiyalar esa AQSh ma’muriyatining ustuvor vazifalariga mos kelmagani sababli to‘xtatiladi.

 

Fevral oyida AQSh prezidenti Donald Tramp xalqaro tashkilotlarni moliyalashtirish uchun katta mablag‘ ajratgan USAID faoliyatini to‘xtatgan. Keyinchalik ma’muriyat agentlik va Davlat departamentining xorijiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarining 92 foizini bekor qilish niyatida ekanini bildirgan. Bu esa davlat budjetidan taxminan 60 milliard dollar tejash imkonini beradi.

 

10-mart kuni Marko Rubio, USAIDning vaqtinchalik rahbari sifatida, olti haftalik tekshiruvdan so‘ng agentlik dasturlarining 83 foizi rasmiy bekor qilinganini e’lon qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bekor qilingan 5200 ta shartnomaning bir qismi Qo‘shma Shtatlar manfaatiga emas, balki ayrim hollarda unga zarar yetkazgan.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

AQSHda USAID faoliyati to'xtatilmoqda | Zamon.uz