Janubiy Koreyaning vaqtincha prezidenti iste'foga chiqdi
Xan Dok Su prezidentlik uchun kurashishga hozirlanmoqda.

Janubiy Koreya Bosh vaziri hamda vaqtincha prezident vazifasini bajarayotgan Xan Dok Su iste'foga chiqishini e'lon qildi. Bu qaror 2025-yil 3-iyunga belgilangan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari arafasida qabul qilindi.
Xabarlarga ko‘ra, Xan Dok Su ushbu saylovlarda o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirayotgani taxmin qilinmoqda.
Ayni paytda mamlakatda siyosiy vaziyat keskinlashgan. Oliy sud prezidentlikka asosiy da’vogar bo‘lgan Li Chje Menni oqlashdan bosh tortdi — bu uning saylovda qatnashish imkoniyatini xavf ostiga qo‘yishi mumkin.
2024-yil dekabrida Prezident Yun mamlakatda favqulodda holat e’lon qilgan, biroq parlament aralashuvi sabab 4-dekabr kuni bu qaror bekor qilingan edi. O‘sha kuni unga nisbatan impichment e’lon qilindi va 2025-yil aprelida Konstitutsiyaviy sud bu qarorni tasdiqladi.
Shundan so‘ng vaqtincha prezident vakolati Xan Dok Su'ga o‘tkazilgan edi.







