Kamala Xarris amerikaliklarni Trampga qarshi birlashishga chaqirdi
Xarris: “Trampga qarshi birlashish va sukut saqlamaslik kerak”.

AQSh sobiq vitse-prezidenti Kamala Xarris amerikaliklarni Donald Tramp siyosatiga qarshi birgalikda kurashishga va bir-biridan yuz o‘girmaslikka chaqirdi.
Ma'lum qilinishicha, Xarris bu murojaatini Leading Women Defined sammitidagi chiqishida bildirgan. Bu uning iste'foga chiqqanidan beri bergan eng katta siyosiy nutqidir.
“Inqiroz sharoitida saboq – qochib ketmang”, — deydi Xarris.
U Tramp boshchiligidagi ma’muriyatni “zamonaviy tarixdagi eng yirik sun’iy iqtisodiy inqirozga sabab bo‘lgan” deb atadi va aholiga o‘z pozitsiyalarini ochiq bildirishga da’vat etdi.







