Dubayda Donald Tramp brendi ostida osmono'par bino quriladi
Bu Tramp Organization'ning Yaqin Sharqdagi birinchi gigant loyihasi hisoblanadi.

Ma'lum qilinishicha DarGlobal kompaniyasi va AQSh prezidenti Donald Trampga tegishli Tramp Organization Dubayda yangi ulkan loyiha — osmono‘par bino qurilishini boshlaganini e’lon qildi.
Ushbu inshoot Tramp International Hotel & Tower brendi ostida barpo etiladi va Yaqin Sharqda Tramp nomi bilan qurilayotgan birinchi turar-joy va mehmonxona majmuasi bo‘ladi. Loyiha mintaqaning uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishiga ishonch ramzi sifatida taqdim etilmoqda.
Bino Dubayning markaziy — Shayx Zayed shossesi bo‘yida joylashadi. Balandligi 350 metr bo‘lgan inshoot dunyodagi eng baland ochiq suzish havzasiga ega bo‘lishi bilan ham e’tiborni tortmoqda.
Ma’lumot uchun, DarGlobal bundan avval ham Tramp Organization bilan hamkorlikda Saudiya Arabistoni, Ummon va Qatarda qator hashamatli loyihalarni amalga oshirgan.
Yakuniy qurilish ishlari 2031-yil dekabr oyida tugatilishi rejalashtirilgan.







