Jahon

Matbuot erkinligi bo'yicha dunyo bo‘ylab tarixiy past ko‘rsatkich qayd etildi

RSF hisobotiga ko‘ra, Rossiya eng past darajaga tushib ketgan.

Matbuot erkinligi bo'yicha dunyo bo‘ylab tarixiy past ko‘rsatkich qayd etildi

 

“Chegara bilmas muxbirlar” (RSF) tashkilotining 2025 yilgi yillik hisobotida aytilishicha, dunyo bo‘yicha matbuot erkinligi tarixdagi eng past darajaga tushib ketgan.

 

Hisobotda 180 davlatdagi ommaviy axborot vositalarining holati siyosiy muhit, huquqiy asos, iqtisodiy sharoit, ijtimoiy-madaniy omillar va xavfsizlik mezonlari asosida baholangan.

 

Natijalarga ko‘ra, 160 mamlakatda OAVlar barqaror faoliyat yurita olmayapti yoki og‘ir sharoitda ishlamoqda. Qariyb uchdan bir davlatda iqtisodiy bosim va rasmiy to‘siqlar sabab bir qancha nashrlar yopilgan. 46 mamlakatda esa matbuot faqat boy elitaga xizmat qilmoqda — Rossiya ham bu ro‘yxatda qayd etilgan.

 

Rossiya 2025-yilda 171-o‘ringa tushib, reytingda eng yomon natijalarni ko‘rsatgan davlatlardan biriga aylangan (24,57 ball). U Mısır va Nikaragua bilan bir qatorda turibdi.

 

Postsovet hududida eng og‘ir holat Turkmansitonda kuzatilmoqda — mamlakat 174-o‘rinni egallagan (19,14 ball). Undan past faqat Afg‘oniston, Eron, Suriya, Xitoy, Shimoliy Koreya va Eritreya joylashgan.

 

Markaziy Osiyodagi holat ham ijobiy emas:

  • O‘zbekiston — 148-o‘rin (35,24 ball)
  • Tojikiston — 153-o‘rin (32,21 ball)
  • Qirg‘iziston — 144-o‘rin (37,46 ball)
  • Qozog‘iston — 141-o‘rin (39,34 ball)

 

Belarus (166-o‘rin) va Ozarbayjon (167-o‘rin) Rossiyadan bir oz yuqorida joylashgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Matbuot erkinligi bo'yicha dunyo bo‘ylab tarixiy past ko‘rsatkich qayd etildi | Zamon.uz