Jahon

Rossiyada noqulay ob-havo elektr tarmoqlarini ishdan chiqardi

Qor sikloni 26 ming aholining elektr ta’minotini uzib qo‘ydi.

Rossiyada noqulay ob-havo elektr tarmoqlarini ishdan chiqardi

 

Moskva viloyatida may oyi uchun g‘ayritabiiy bo‘lgan nam qor va kuchli shamol bilan kechgan qor sikloni elektr ta’minotida jiddiy uzilishlarga olib keldi.

 

Viloyat gubernatori Andrey Vorobyovning so‘zlariga ko‘ra, 2-may kuni kechasi kuchli muzlama va daraxtlarning qulashi natijasida 237 ta elektr uzatish liniyasi va 4,4 ming transformator podstansiyasi ishdan chiqqan. Bu holat taxminan 26 ming nafar aholiga ta’sir ko‘rsatgan.

 

Eng og‘ir vaziyat shimoliy va shimoli-g‘arbiy hududlarda, xususan Taldom, Dmitrov va Sergiyev Posad tumanlarida kuzatilgan.

 

Dmitrovda 47 ta aholi punkti va 21 ta qozonxona elektrsiz qolgan.

 

Sergiyev Posadda esa 46 ta aholi manzili va 11 ta qozonxonada elektr ta’minoti to‘xtagan.

 

Bundan tashqari, ob-havo tufayli Moskva temir yo‘lining Riga va Savelovo yo‘nalishlarida elektr poyezdlari harakati kechikmoqda. Yo‘lovchilar uchun kompensatsion avtobuslar yo‘lga qo‘yilgan.

 

Hozirda 200 dan ortiq avariya brigadalari, jumladan, kommunal xizmatlar va FVV xodimlari falokat oqibatlarini bartaraf etish, avtomobil va temir yo‘llarni tozalash ishlariga safarbar etilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiyada noqulay ob-havo elektr tarmoqlarini ishdan chiqardi | Zamon.uz