Tramp Kongressdan 1,01 trln dollar so‘rashni rejalashtirmoqda
Bu AQSH tarixidagi eng katta mudofaa byudjetlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati milliy xavfsizlik uchun umumiy hajmi 1,01 trillion dollar bo‘lgan mudofaa byudjeti loyihasini tayyorladi. Bloomberg agentligining xabar berishicha, bu mablag‘ni Kongressdan so‘rash rejalashtirilgan.
8 aprel kuni Tramp ushbu ulkan mudofaa byudjeti haqida avvaldan maʼlum qilgan edi. Bu AQSH tarixidagi eng katta mudofaa byudjetlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda va, asosan, mamlakatning harbiy qudrati va xavfsizligini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.







