Xitoyda robot injenerlarga hujum qildi
Robotning noodatiy xatti-harakati muhokamalarga sabab bo'ldi.

Xitoyda xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan robotning sinov jarayoni kutilmagan holat bilan yakunlandi — robot birdaniga muvozanatini yo‘qotib, atrofdagi injenerlarga qarshi tajovuzkor harakatlar qila boshladi. Voqea aks etgan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, robot ilgakka osilib turgan holatda yiqilib tushmaslik uchun qo‘llarini keskin harakatlantirgan. Bu harakat atrofdagilar tomonidan tahdid sifatida qabul qilinib, xavotirga sabab bo‘ldi. Ba’zi texniklar holatni "robotning muvozanatni saqlashga uringani" deb izohladi.
Shu bilan birga, ayrim dasturchilar bu holatni robotning "insonlarga qarshi norozilik ishorasi" sifatida talqin qilib, muhokamaga sabab bo‘lishdi. Kompaniya vakillari voqea yuzasidan izoh berar ekan, tizimda hech qanday nosozlik aniqlanmaganini, lekin xavfsizlik choralarini kuchaytirish rejalashtirilayotganini bildirdi.
Mazkur hodisa sun’iy intellekt va robototexnika xavfsizligi yuzasidan dolzarb savollarni yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.







