Jahon

Eldor Shomurodov “Roma”da oyning eng yaxshi fulbolchisi deb topildi

Bu Shomurodovning joriy mavsumdagi ikkinchi sovrinidir.

Eldor Shomurodov “Roma”da oyning eng yaxshi fulbolchisi deb topildi

 

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov “Roma” jamoasida aprel oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu qaror muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijasida qabul qilindi.

 

Shomurodov ovoz berishda argentinalik Matias Sule va serbiyalik darvozabon Mile Svilarni ortda qoldirdi. Bu uning joriy mavsumdagi ikkinchi shaxsiy sovrinidir — u fevral oyida ham oyning eng yaxshisi deb tan olingan edi.

 

29 yoshli futbolchi aprel oyida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bir golli uzatma berdi. U “Yuventus” darvozasiga muhim gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan. “Verona”ga qarshi o‘yinda kiritgan yagona gol “Roma”ga g‘alaba olib keldi. “Inter” bilan bahsda esa jamoadoshi Sulega aniq pas uzatib, hal qiluvchi golga hissa qo‘shdi.

 

Hozirda “Roma” A Seriyada 18 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapti va turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Eldor Shomurodov “Roma”da oyning eng yaxshi fulbolchisi deb topildi | Zamon.uz